Jahon | 18:07 / 23.02.2016
19861
2 daqiqa o‘qiladi

Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligi lavozimidan ketishga tayyorligini ma'lum qildi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov uzoq vaqt davomida o‘z o‘rnida qolishni istamasligini bildirib o‘tdi. U «Russkoy slujbe novostey» radiostansiyasiga bergan intervyusida saylovdan keyin respublikani boshqarishini, muddati tugagach lavozimini tark etishga tayyorligini aytib o‘tgan.

"Qodirov davom ettirishni istaydimi? Men istamayman. Hozir iqtisodiy va ijtimoiy nuqtai nazarlardan boshqacha davrdir. Bizda yanada professionalroq odamlar bor. Men hisoblaymanki o‘z burchimni ado etdim. Bizni yetaklayotgan, tekshirayotgan, ko‘rayotgan, muvozanatga keltirayotgan odamlarga kelajakdagi rivojlanish uchun nima kerakligi yaxshiroq ko‘rinadi. Jamoa bor, mamlakat prezidenti bor", – deydi Qodirov.

U o‘zini oddiy piyoda hisoblashini, unga "olg‘a yur deyilsa, buyruqni bajarishini, ya'ni davlatga xizmat qilishda davom etishini, bordiyu xayrlashishmoqchi bo‘lishsa, bunga ham rozi bo‘lishini" qo‘shimcha qilgan.

Ma'lumot uchun, Ramzan Qodirovning Checheniston prezidenti sifatidagi vakolat muddati 2016 yilning 5 aprel kuni yakunlanadi.

Bundan oldinroq, u o‘z instagramida navbatdagi prezidentlik uchun nomzodini qo‘yish bo‘yicha bir qarorga kelmaganini yozgandi. U bu haqda o‘ylab ko‘rmaganini, Checheniston rahbarini Rossiya prezidenti tanlashi kerakligini qo‘shimcha qilgan.