Jahon | 16:45 / 25.02.2016
6061
1 daqiqa o‘qiladi
Misr prezidenti eBay orqali "sotuvga qo‘yildi"
Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi eBay internet-auksioni orqali sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Foreign Policy xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, u mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish rejasini bayon qilgan chiqishida hazil tariqasida "mamlakat manfaati uchun o‘zini sotishga ham tayyorligini" aytib hazillashgan. Uning bu gapi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan.
Shundan so‘ng, eBay internet-auksionida prezident surati bilan e'lon paydo bo‘ldi. Bir necha soat ichida prezidentning narxi 100 ming dollarga chiqqan. Keyinroq, bu sahifa saytda o‘chirib tashlangan.