O‘zbekiston | 19:11 / 26.02.2016
5768
1 daqiqa o‘qiladi
25 fevral kuni Termizda havo harorati 30 darajagacha ko‘tarilib, rekord ko‘rsatkich qayd etildi
Gidrometeorologiya markazidan ma'lum qilinishicha, 25 fevral kuni O‘zbekistonning eng janubiy nuqtasida joylashgan Termiz shahrida havo harorati kunduzi +30,1 darajani tashkil etdi. Bundan avval yilning shu kunidagi eng iliq harorat 1963 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda harorat +27,7 darajagacha ko‘tarilgandi.
25 fevral kuni shuningdek, Samarqandda ham eng iliq harorat kuzatildi (+25,7). Bu orqali Samarqandda 53 yil avvalgi rekord takrorlandi.
Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni Samarqand, Termiz va Nukusda so‘nggi 53 yil ichidagi eng iliq harorat qayd etilgandi. 22 fevral kuni esa Toshkentda so‘nggi 110 yil ichida fevral oyidagi eng iliq harorat kuzatildi.