Jamiyat | 19:26 / 26.02.2016
16959
2 daqiqa o‘qiladi

Yoshi ulg‘aygani sari chiroy ochib borayotgan yulduzlar

Dunyoning 40 nafar yulduzi eng chiroyli qariyotgan mashhur insonlar ro‘yxatiga kirishdi.

Mashable nashri 40 yoshdan oshgan bo‘lsa-da, o‘z jozibasini saqlab qolayotgan yulduzlar ro‘yxatini  tuzib chiqdi. Portalning qayd etishicha, bu insonlar yoshi ulg‘aygani sayin yaxshi saqlangan vino kabi faqat chiroy ochib bormoqda.

40 yoshli Anjyelina Joli va 54 yoshli Jorj Kluni, shuningdek, 46 yoshli Jyennifer Lopes, 73 yoshli Harrison Ford va 40 yoshli Sharliz Teron top o‘ntalikka kirgan. 

Bundan tashqari, ro‘yxatda 70 yoshli Helen Mirren, 43 yoshli Idris Elba, 49 yoshli Xolli Berri va 44 yoshli Jada Pinkett Smitni ham ko‘rish mumkin. 

Ro‘yxatdan o‘rin egallagan boshqa yulduzlar: Salma Hayyek (49 yosh), Sofiya Vergara (43 yosh), Jon Xemm (44 yosh), Dueyn Jonson (43 yosh), Stiv Karell (53 yosh), Xyu Jyekman (47 yosh), Joan Rouling (50 yosh), Mishel Obama (52 yosh), Meggi Smit (81 yosh) va Jyeyn Fonda (78 yosh).

Anjyelina Joli (40 yosh)

Jordj Kluni (54 yosh)

Jyennifer Lopes (46 yosh)

Xarrison Ford (73 yosh)

Sharliz Teron (40 yosh)

Xelen Mirren (70 yosh)

Xolli Berri (49 yosh)

Salma Hayyek (49 yosh)

Jon Xemm (44 yosh)

Jyeyn Fonda (78 yosh)