Jahon | 11:06 / 27.02.2016
8680
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning Kanzas shtatida erkak ko‘chaning qoq o‘rtasida xunrezlik amalga oshirdi

AQShning Kanzas shtatidagi Xesston shaharchasida kunduz kuni soat 17 larda avtomobil haydab ketayotgan erkak o‘tib ketayotgan mashinalarni va odamlarni avtomatdan o‘qqa tuta boshladi. Xunrezlik oqibatda 3 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi yaralandi.

"U o‘z mashinasida harakatlana turib, ikkita avtomobilni o‘qqa tutdi. Bir haydovchini yaraladi, ikkinchi haydovchi o‘qdan qochishga muvaffaq bo‘ldi", deb aytdi Xarvi okrugi sherifi Tausend Volton.

Jinoyatchi bir daqiqa o‘tib avtomobildan tushib odamlarni o‘qqa tuta boshlagan. Bir ayolni yaralagan. Shundan keyin o‘zi ishlaydigan gazonokosilkalar fabrikasiga kirib, u yerdagi hamkasblarini o‘qqa tuta boshlagan.

Guvohlardan birining aytishicha, u binoga miltiq ko‘tarib olgan qora tanli erkakning kirganini va u yerda o‘t ochishni boshlaganini, yana biri esa odamlar sarosimada yugurayotganlarini ko‘rib, yong‘in chiqdi deb o‘ylagani, biroq o‘q ovozlarini eshitgach, o‘zi ham qocha boshlaganini aytgan.

Fabrika xodimlari politsiyaga telefon qilganlar. Yetib kelgan politsiyachi jinoyatchini otib tashlagan, biroq jinoyatchi bungacha 3 kishini o‘ldirishga va 10 dan ko‘proq kishini yaralashga ulgurgan.

Jinoyatchi ismi oshkor qilinmayapti, biroq uning do‘stlarining aytishicha, u osoyishta, xushfe'l odam bo‘lgan. "U yomon odamga o‘xshamasdi, biz u bilan ishdan keyin hattoki birga dam olardik. U bunday ish qilganiga ishonish qiyin", deb aytmoqda erkakning tanishlaridan biri.

Ayni vaqtda tergov erkakning bunday jinoyatni sodir etishga nima majbur qilganini aniqlashmoqda. Bu orada politsiya bu terakt emasligini ta'kidlamoqda.