Fan-texnika | 18:24 / 29.02.2016
6546
2 daqiqa o‘qiladi

“Uchar likopcha”ning qanotlarini “qayirdilar”

Carrozzeria Touring Superleggera Italiya kompaniyasi Disco Volante (“Uchar likopcha”) ning usti ochiq versiyasi - Spider’ni ishlab chiqishdi.
Yangilikning birinchi ommaviy namoyishi Jyeneva Motorshousida bo‘lib o‘tadi. Rodsterning suratlarini bir necha nashriyot, jumladan, World Car Fans va Carscoops e'lon qildi.

Disco Volante Spider ning tomi Alfa Romeo bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ikki karbonli paneldan iborat. Panellarning har biri 3,5 kilogrammdan bo‘lib, qo‘lda olinadi. Ushbu qismlarni saqlash joyi bagaj bo‘limida.

Kupe singari rodster ham Alfa Romeo 8C platformasida qurilgan. Tahminlarga ko‘ra, tom qismini olish mumkin bo‘lgan versiyaga ham qattiq tomli variantnikidek – 4,7 litrli V8 dvigateli o‘rnatilgan, ushbu dvigatel harakatlanayotgan chog‘ida 450 ot kuchiga va 480 Nm ga ega.
Disco Volante Spider ning dinamik tavsifnomasi ma'lum emas. Kupe qo‘zg‘olib, 4,2 soniyada soatiga yuz kilometr tezlikka chiqa oladi. Ikki eshikli mashinaning maksimal tezligi soatiga 290 kilometr.

Ust qismini olish mumkin bo‘lgan “uchar likopchalar” 2013 yilda paydo bo‘lgan edi.