Jahon | 12:17 / 01.03.2016
4818
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda dunyodagi ilk o‘zi suzuvchi dok qurildi

Xitoy Harbiy-dengiz kuchlari Huachuan №1 nomini olgan dunyodagi birinchi o‘zi suzuvchi dokka ega bo‘ldi. Unda kemalarni ta'mirlash ishlarini amalga oshirish mumkin.

People's Liberation Army Daily ma'lumotigk ko‘ra, bu dok kemalarning ta'mirlanishi uchun sarflanadigan muddatni sezilarli ravishda kamaytiradi.

Ushbu dokda kreyserlardan tortib esminetslargacha, shuningdek suvosti kemalarini ham ta'mirlash mumkin. Lekin u samolyot tashuvchi kemalarga xizmat ko‘rsatmaydi.