Jahon | 08:28 / 05.03.2016
3863
1 daqiqa o‘qiladi
"AvtoVAZ" prezidenti ishdan bo‘shatilmoqda
Rossiyaning "AvtoVAZ" avtomobilsozlik kompaniyasi prezidenti Bu Andersson kompaniya direktorlar kengashi yig‘ilishidan keyin o‘z lavozimidan ozod etiladi, deb aytdi "Rostex" rahbari Sergey Chemezov The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida.
"Endi bizga biror odam kerak. Anderssonning o‘z lavozimidan ozod etilishi haqidagi qaror direktorlar kengashi yig‘ilishida qabul qilinadi", deb aytdi Chemezov.
Chemezovning ta'kidlashicha, Andersson 9 yoki 10 martda o‘z lavozimidan bo‘shatiladi.