Sport | 01:02 / 05.03.2016
5572
2 daqiqa o‘qiladi

Ermatov yilning eng yaxshi hakami, Rasulov – eng yaxshi laynsmen

FIFA referisi Ravshan Ermatov 2015 yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning eng yaxshi referisi deb topildi.

O‘zbekistonlik FIFA referisi o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra xalqaro maydonlarda hamda O‘zbekiston chempionati bahslarida ishlagan hakamlar orasida eng yaxshi hakam deb e'tirof etildi. E'tiborlisi, Ermatov uchun ushbu sovrin faoliyati davomidagi ketma-ket ravishda qo‘lga kiritgan o‘ninchi sovrin bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, Ravshan Ermatov o‘tgan yili O‘zbekiston Chempionati ham Kubogi bahslarida, shuningdek, xalqaro miqyosdagi nufuzli turnirlarda yuqori saviyada o‘yinlarni boshqarib bordi. Osiyo Chempionlar Ligasi bahslarid, JCh-2018 saralash uchrashuvlarida bir qator uchrashuvlarni boshqardi. Jumladan, "Guanjou Evergrand" (Xitoy) hamda "Al Ahli" (BAA) klublari o‘rtasidagi Osiyo Chempionlar Ligasi – 2015 final javob uchrashuvini boshqarib bordi.

O‘zbekistonlik FIFA laynsmeni Abduhamidillo Rasulov esa, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yaxshi qanot hakami sifatida e'tirof etildi. Abduhamidillo Rasulov ham Ravshan Ermatov brigadasida O‘zbekiston Chempionati hamda xalqaro miqyosdagi bir qator musobaqalarda muvaffaqiyatli ishladi.

Manba: the-uff.com