Jahon | 20:51 / 07.03.2016
4492
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya Malayziyaning yo‘qolib qolgan Boeing samolyotini ikki oy ichida topmoqchi

Avstraliyaning transport xavfsizligi byurosi rahbari Martin Dolan Malaysia Airlines aviakompaniyasining ikki yil avval yo‘qolib qolgan Boeing 747 yo‘lovchi samolyoti yoz boshigacha topilishi mumkinligini aytdi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.

"Biz qidiruvlar olib borilayotgan hududning 4 dan 3 qismini tekshirib chiqdik va hech qanday izlarni aniqlamadik. Bu esa samolyot qoldiqlari qolgan qismda bo‘lishi mumkinligi ehtimolini oshirmoqda", deb aytdi Dolan.

Ma'lum qilinishicha, qidiruv xizmatlari Hind okeanining janubiy qismidagi yana 30 ming kvadrat kilometrga yaqin dengiz tubini tekshirib chiqishlari kerak. Qidiruv ishlari iyundan kech bo‘lmagan muddatda yakunlanishi rejalashtirilmoqda.

2014 yil martda Kuala-Lumpurdan Pekinga parvoz qilayotgan samolyot Hind okeanining janubiy qismida qulagani ehtimol qilinmoqda. Samolyot bortida 227 nafar yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.