Jamiyat | 13:03 / 07.03.2016
9084
2 daqiqa o‘qiladi

Dubayda 4 nafar kishi Ferrarini yuqori tezlikda haydash natijasida halok bo‘lgan

Dubayning Jumeirah Lakes Towers tumanida xorijdan kelgan kishilar ijaraga olingan Ferrari avtomobilida ketayotib, avtohalokatga uchrashdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, mashina yuqori tezlikda bo‘lganligi sababli elektr quvvati ustuniga qattiq urilib, ikkiga bo‘linib ketgan. 

Aslida ikki yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan mashinada uch nafar yevropalik (ular orasida ayol ham bor) va bir nafar kanadalik kishi bo‘lgan.

Dubay Yo‘l harakati politsiyasi boshlig‘i Saif Al Mazrouining qayd etishicha, yo‘lovchilar tezlik me'yori soatiga 60 km.ni tashkil etsa-da, avtomobilni juda ham yuqori bosimda boshqarishgan. “Kuchli avtohalokat natijasida 3 nafar yevropalik voqea joyida ko‘z yumdi, kanadalik esa og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yetkazildi. Lekin biroz vaqtdan so‘ng u ham jon berdi”, - deydi Saif Al Mazroui.

Ayni damda politsiya halokat chog‘idagi tezlik ko‘rsatkichini aniqlash uchun mashinani ijaraga bergan firma bilan bog‘lanishga harakat qilmoqda.