Jamiyat | 17:37 / 07.03.2016
7468
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zDJTU rahbariyati ayol o‘qituvchilar va xodimlarni 8 mart bilan o‘ziga xos tarzda tabrikladi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Xalqaro xotin-qizlar kunini o‘zgacha nishonlashga qaror qilishdi.

Universitetning “Talabalar uyushmasi“ (Students' Union) a'zolari tomonidan tashkil etilgan virtual videotabriknomalarda O‘zDJTU rahbariyati hamda fakultetlarning dekanlari oliy o‘quv yurtida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni bayram bilan qutlashgan.

Videotabriknomalar o‘zlari uchun eng qiziqarli sovg‘aga aylanganini ta'kidlar ekan, O‘zDJTU ayol professor-o‘qituvchilari va talaba qizlari qoldirilgan izohlarda keyingi bayramlarda bundanda antiqa g‘oyalarni kutib qolishlarini bildirishgan.

O‘zDJTU “Talabalar uyushmasi“ (Students' Union) 2015 yilning noyabridan o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.