Fan-texnika | 21:17 / 10.03.2016
4764
1 daqiqa o‘qiladi

iPhone ishini tezlatish usuli topildi

iPhone va iPad qurilmalarining tezroq ishlashi uchun ularning interfeysidagi animatsiyani o‘chirib qo‘yish kerak. Bunday usulni 9to5mac nashri aniqladi.

Material mualliflarning aytishicha, qurilmalar ishini tezlatish operatsion tizimdagi xato natijasi bo‘lgan.

Animatsiyani o‘chirish uchun sozlanmalarga kirib, "universal kirish" (universalnyy dostup) menyusiga o‘tib, Assistive Touch belgisini faollashtirish kerak. Bundan keyin belgini displeyning o‘ng pastki burchagiga ko‘chirish kerak va Spotlight kidiruvidan foydalanish kerak.

Belgi qidiruvda paydo bo‘lgan klaviatura ustida ko‘tarila boshlaydi va bundan keyin dasturlar sahifasiga o‘tish kerak. Qurilma egalarining ta'kidlashicha, bu jarayon taxminan 20 martacha bajarilgandan keyin kerakli natijaga erishiladi.

Standart sozlanmalarga qaytish uchun qurilmani qayta yuklash lozim.