Jahon | 06:53 / 10.03.2016
6203
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Eronga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

AQSh prezidenti Barak Obama AQShning Eronga qarshi amal qiluvchi sanksiyalarini yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqdagi hujjat matnini CBS News telekanali muxbiri Mark Noller o‘zining tvitterida ma'lum qildi.     

"Eron yadroviy dasturining tinch xarakterini ta'minlash maqsadida erishilgan tarixiy kelishuvga qaramasdan, Eron hukumatidagi ba'zi harakatlar va siyosiy choralar AQShning milliy xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyotiga noodatiy va ekstraordinar xavf solishda davom etmoqda. Shu sababli Eronga nisbatan 1995 yil 15 martda kiritilgan milliy favqulodda holat tartibi 2016 yil 15 martdan ham davom ettirilishi kerak", deb aytdi Obama.    

Shu tariqa Obama sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi.