Fan-texnika | 12:49 / 10.03.2016
16317
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda internet tezligi keskin tushib ketish sabablari ma'lum qilindi
Bu borada tarqatilgan axborotga ko‘ra, “O‘zbektelekom” AKning hamkorlari bilan bog‘liq masala tufayli 10 mart Toshkent vaqti bilan 00:00 dan 05:00 gacha va 11 mart Toshkent vaqti bilan 01:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan paytlarda internet tezligi keskin tushib ketadi.
“O‘zbektelekom” AK keltirib chiqarilgan noqulaylik uchun uzr so‘raydi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 8 mart kuni Qozog‘iston hududidan o‘tgan magistral kabellar zarar ko‘rgan. “Kazaxtelekom” bu haqda hech narsa aytmagan, ammo 9 mart kuni “Kazaxtelekom” internet aloqasi yomonlashgani va buning oldini olish uchun zarur choralar ko‘rilishini aytib o‘tgan.