Jahon | 22:26 / 13.03.2016
3155
1 daqiqa o‘qiladi
Anqara shahri markazida kuchli portlash sodir bo‘ldi
Turkiya poytaxti Anqara shahrida kuchli portlash sodir bo‘ldi. NTV telekanali ma'lumotiga ko‘ra, bu kuchli portlash tufayli jarohatlanganlar va halok bo‘lganlar bor.
Ma'lum qilinishicha, portlash poytaxtning Qiziloy dahasidagi Guven-park xiyoboni hududida Toshkent vaqti bilan soat 21:45da ro‘y bergan. Portlashdan keyin hududdagi bir qancha mashinalar yona boshlagan.
Hozirda politsiyachilar hududni o‘rab olishgan.
Mahalliy OAV bu portlash terakt ekani haqida va qurbonlar soni ko‘pligi haqida yozishmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi modda harakatga keltirilishi orqali sodir etilgan.
Photos of explosion in #Turkish capital #ankara @TurkeysObserver pic.twitter.com/T1TjbaRxdH
— Turkey's Observer (@TurkeysObserver) 13 marta 2016 g.