Jamiyat | 19:13 / 14.03.2016
7552
2 daqiqa o‘qiladi

Kamoliddin Rahimov vafotidan avval nima demoqchi bo‘lgan?

O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Rahimov vafotiga 25 fevral kuni bir yil to‘ldi. Shu munosabat bilan o‘zbek san'ati ustunlaridan biri, o‘z ijro maktabini yarata olgan xofiz haqida “Darakchi” nashri katta maqola tayyorladi. Unda ijodokorning hayoti va ijod yo‘li batafsil yoritilgan.

Xofizning 33 yillik qadrdoni Nosirxon Tursunov vafotidan oldingi voqealarni xotirladi: “Vafotidan bir kun avval meni so‘ratgan ekan. Farzandlari qo‘ng‘iroq qilib, “tez yo‘lga chiqmasangiz bo‘lmaydi”, deyishdi. 25 fevralda yo‘lga chiqdim, biroq hofiz bilan ko‘rishish nasib etmadi, ulgurolmay qoldim... Nimadir aytmoqchi bo‘lganlar. O‘ylab, poytaxtda ham maraka o‘tkazish kerak demoqchi bo‘lgandirlar, degan xayol bilan Toshkentda ham farzandlari bilan birga maraka o‘tkazdik”.

Ma'lum bo‘lishicha, Kamoliddin Rahimov o‘tgan yilning may oyida konsert berishni rejalashtirgan. Biroq jigar bilan bog‘liq muammo sababli hastalanib, 2015 yilning 25 fevral sanasida komaga tushib qolgan va vafot etgan.

Ayni kez san'atkorning ijodini farzandlaridan Husanjon Rahimov davom ettirmoqda.