O‘zbekiston | 21:55 / 14.03.2016
1734
1 daqiqa o‘qiladi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" yo‘lovchi tashish hajmini 30 foizga oshirmoqchi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi 2016-2020 yillarda yo‘lovchi tashish hajmini 1,3 baravar oshiradi va yiliga 3,3 million nafarga yetkazadi.

"O‘sish yangi rentabelli yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish, charter reyslarni kengaytirish hamda "O‘zbekiston havo yo‘llari"ning hamkorlari yo‘nalishlaridan foydalanish hisobiga amalga oshiriladi", deyiladi O‘zbekiston hukumati qarorida.

Ma'lum qilinishicha, aviakompaniya Janubiy-Sharqiy Osiyo, MDH va Yevropa mamlakatlariga o‘z aviaparkida amalga oshirilgan yangilanishlar evaziga yangi reyslar qo‘yishni rejalashtirgan.