O‘zbekiston | 14:07 / 16.03.2016
2081
1 daqiqa o‘qiladi
Yog‘ingarchilik oqibatida Toshkentning ayrim yo‘llari suv ostida qoldi
Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida 16 mart kuni Toshkent shahrida bo‘lgan yog‘ingarchilik oqibatida suvda qolib ketgan ayrim joylar haqida so‘z boradi.
Foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan izohga ko‘ra, Toshkent shahridagi ayrim joylar, jumladan, Yunusoboddagi “Grand Xoll”, Chilonzor ulgurji savdo markazi, O‘zgarish hamda Erkin ko‘priklari atrofidagi yo‘llarni suv bosganini bilish mumkin.
Natijada ushbu yo‘llarda avtomobillar harakatlanishi qiyinlashgan. Tirbandliklar vujudga kelgan.