Jahon | 12:41 / 20.03.2016
2026
1 daqiqa o‘qiladi
Nazarboyev Qozog‘iston konstitutsiyasi o‘zgarishi ehtimoli borligini ma'lum qildi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ovoz berish uchastkasida jurnalistlar savoliga javob berar ekan mamlakat konstitutsiyasi o‘zgarishi ehtimoli borligini aytib o‘tdi. Bu haqda Tengrinews.kz sayti xabar bermoqda.
“O‘zgarish bo‘lishi kerak. Qozog‘istonda prezidentlik tizimi joriy etilgan. Gap prezidentlik, parlament va hukumat boshqaruvi haqida ketmoqda. Biz ana shu yo‘nalish haqda o‘ylayapmiz”, — dedi davlat rahbari.
Uning ta'kidlashicha, o‘zgarish “jahon va ichki iqtisodiyoti bilan bog‘liq”.
Ma'lumot uchun: 20 martdan Qozog‘istonda parlament saylovlari boshlandi.