Jahon | 15:57 / 22.03.2016
1905
1 daqiqa o‘qiladi
Bryussel aeroportida va metro bekatlarida portlashlar. Fotojamlanma
22 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:10da Belgiya poytaxti Bryussel shahrida davomli teraktlar sodir etilishi boshlandi.
Dastlab, “Zaventem” aeroportidagi 2 portlash 17 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Keyinroq, metroning Maalbeek, Schuman va Arts-loi bekatlarida 4ta portlash sodir etildi. Teraktlarning jami qurbonlari soni hozircha 27 nafar kishini tashkil qilmoqda.
Ayni vaqtda aeroport yopib qo‘yilgan, barcha aviareyslar bekor qilingan, metro faoliyati to‘xtatilgan.