O‘zbekistonliklar oy tutilishini ko‘ra olishmaydi
23 mart kuni oy tutilishi kuzatiladi. U yarim soya holatda bo‘ladi. Shu bois uni pastdan turib, oddiy ko‘zlar bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Osmon hodisasini Osiyo, Avstraliya, Shimoliy va Janubiy Amerika, Tinch, Atlantika va Hind okeani hududlarida kuzatish mumkin bo‘ladi. Yevropa va Afrikada uni kuzatish imkoni bo‘lmaydi. Bu vaqtda oy gorizont chizig‘ida bo‘ladi.
Hodisa Toshkent vaqti bilan 14:39 da bo‘ladi. Uning maksimal fazasi 11:47 da, yakuni esa 13:54 da bo‘ladi.
Ulug‘bek nomidagi Astanomiya institutining “Gazeta.uz” nashriga bergan xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda oyning chiqishi mahalliy vaqt bilan 18:36 da bo‘ladi va birinchi daqiqalarda tog‘li massivlar bilan to‘siladi. Shuningdek, ob-havo sharoitini hisobga olgan holda o‘zbekistonliklar uchun oy tutilishi amaliy jihatdan mumkin emas.
O‘zbekiston aholisi 24 martga o‘tar kechasi oy tutilishini kuzatishi mumkin