Jamiyat | 10:02 / 29.03.2016
2523
6 daqiqa o‘qiladi

«Hozircha birinchisi...»

Egizaklar nima ekanini bilasizmi? Bu nafaqat ikkiga ko‘paytirilgan quvonch, balki ikki karra jonkuyarik, tashvish va kichkintoylar sog‘ligi to‘g‘risida xavotirlanish.

Aka-uka Borya va Vladik Yugay bobosi va buvisining egizak baxti. Ular 2002 yilda tug‘ilishgan va ikkovida ham tug‘ma yurak xastaligi aniqlangan (TYuX).

Bolakaylarning otasi Rossiyaga tirikchilik niyati bilan ketib, uzoq diyorda o‘lim topgan, onasi esa yangi oila qurib, uydan chiqib ketgan. Shundan keyin Borya va Vladik bobosi va buvisi qaramog‘ida qolib ketdi. Ikki o‘g‘lidan judo bo‘lgan ularning buvisi Lyudmila Anatolevna o‘zining butun borligini nevaralariga baxshida qildi.

Bolalar doim kardiolog nazorati ostida bo‘lishgan va anchadan beri operatsiyaga muhtoj edilar, lekin chol va kampir nafaqasiga ochiq yurakda o‘tkazaladigan operatsiya uchun zarur bo‘lgan maxsus apparatlar olish qayda bo‘lsin... Ikkita yurak, bir xil tashxis, ikkita zarur bo‘lgan oksigenator va ikkita nafaqa - murakkab hayotiy arifmetika...

Shifokorlar esa operatsiyani tezroq o‘tkazishni talab qilishardi. Har bir yil nevaralari uchun xatar keltirsa, har bir operatsiyasiz o‘tgan yil bolalarning umri uchun xavf-xatarni oshirsa, ikki o‘g‘lonidan judo bo‘lgan ona, bolalarning buvisining ko‘ngli qanday iztiroblarni chekkanini uning o‘zi biladi.

TYuX yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi sababi sifatida birinchi o‘rinni egallaydi. Bu xastalik har bir ming tug‘ilgan chakaloqlar orasida 6-7 marta uchraydi va bu barcha rivojlanish buzilishlari orasida 30 foizni tashkil etadi. Bolakay bir yoshdan o‘tib olsa, o‘lim ehtimoli keskin kamayadi, 1 yoshdan o‘n besh yoshgacha bo‘lgan TYuXga mubtalo bo‘lgan bolalarning faqat 5 foizi olamdan o‘tadi. TYuXni faqat jarrohlik yo‘li bilan davolash mumkin. Kardiojarrohlik yutuqlari tufayli oldin qilib bo‘lmaydigan murakkab rekonstruktiv operatsiyalarni muvaffaqiyatli o‘tkazishga shifokorlar qodir bo‘lishgan.

Shunday murakkab operatsiyalarni Toshkent pediatriya institutining bolalar kardiojarrohlik markazida amalga oshirishadi. Qonunga muvofiq bolalar uchun davolanish va operatsiyalar bepul, lekin hozircha davlat barcha operatsiyaga muhtoj TYuXga mubtalo bo‘lgan bolalarni maxsus oksigenatorlar va boshqa qimmatbaho ashyolar bilan ta'minlashga qodir emas.

2015 yilning noyabr oyida «Sochnaya dolina» savdo belgisi (SB) «Birgalikda hayotlarni qutqaramiz!» xayriya aksiyasni o‘tkazdi. Noyabr oyi davomida har bir sotilgan sharbat qutisidan tushgan mablag‘ning bir qismi og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarni operatsiya qilish uchun maxsus hisob raqamiga o‘tkazilgan edi. Aktsiya 15 nafar bolaning operatsiyasi uchun yetarli mablag‘ jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Operatsiyaga tanlangan bolalar orasida egizaklardan faqat bir juft edi. Vladik hali yana ozgina muolaja olishi va davolanishi kerak bo‘lgani uchun, operatsiyani Boryada o‘tkazishga qaror qilindi. Turli hujjatlarni rasmiylashtirish tashvishlarini uning buvasi Boris Semenovich o‘z zimmasiga oldi.

«Hayotlarni birgalikda qutqaraylik!» aksiya davomida jamlangan pul Toshkent pediatriya institutining hisob raqamiga o‘tkazildi. Oksigenatorlar va boshqa zarur bo‘lgan dori-darmon va ashyolarni izlash, xarid qilish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tashvishlarni institut rahbariyati o‘z zimmasiga oldi va operatsiyalar o‘tkazishni tashkil qildi. O‘z mijozlarini tug‘ilgan kunidan beri yoki TYuX tashxisi qo‘yilgan kunidan boshlab taniydigan shifokorlar ularning oilaviy ahvollaridan ham xabardor. Ular o‘zlari kam ta'minlangan oilalarda istiqomat qiluvchi operatsiyaga o‘ta muhtoj 15 nafar bolani tanlab olishdi.

Bolalar kardiojarrohlik markazi direktori Doniyor Pirnazarovning aytishicha, Borya operatsiyadan keyin o‘zini yaxshi his qilmoqda va yaqin kunlarda futbol ham o‘ynab ketishi mumkin bo‘ladi. Borisning niyati esa bitta - egizak ukasi Vladikka ham tezroq muvaffaqiyatli operatsiya o‘tkazishsa...

Bu o‘n beshta «Yurak hikoyalaridan» o‘n ikkinchisi va hali bularning davomi bor...

Yurak hikoyalari. Birinchi hikoya. «Men bor joyda - doim quyosh charaqlaydi...»

Yurak hikoyalari. Ikkinchi hikoya: «Endi men yashashni istayman...»

Yurak hikoyalari. Uchinchi hikoya: «Ura, men operatsiyaga boraman!»

Yurak hikoyalari. To‘rtinchi hikoya: «Qo‘lbola mo‘'jiza»

Yurak hikoyalari. Beshinchi hikoya: Ona: O‘g‘ilchamning yurakchasi urayaptimi, degan xavotirda uyg‘onib, qulog‘imni ko‘kragiga qo‘yib eshitmagan kecha bo‘lmasa kerak

Yurak hikoyalari. Oltinchi hikoya: Oltinchi hikoya: «Tanishlar u hali ham hayotmi deb, ajablanishar edi...»

Yurak hikoyalari. Sakkizinchi hikoya:  «Evrika, meni tuzatishdi!»

Yurak hikoyalari. To‘qqizinchi hikoya: Hamma baxtli bo‘lsin! 

Yurak hikoyalari. «Men uyda bo‘lishim zarur...»

Reklama huquqlari asosida.