Jamiyat | 14:09 / 05.04.2016
7489
1 daqiqa o‘qiladi
Hindistonlik ayol 1 bolani dunyoga keltirish uchun ketib 5 bola bilan qaytdi
Chattisgarhlik yosh ayol homiladorligining 26 haftaligida to‘lg‘oq og‘riqlaridan shikoyat qilib shifoxonaga yetkazildi.
U yerda shifokorlar 25 yoshli ayol bir emas, besh nafar bolani dunyoga keltirishini ma'lum qilishdi.
Har bir bolaning og‘irligi 1,300 kg atrofida, yangi tug‘ilgan qizlar intensiv terapiya bo‘limiga joylashtirildi.
"5 chaqaloqning tabiiy yo‘l bilan dunyoga kelishi - shifoxona tarixida birinchi marta qayd etildi, deb xabar beradi", Metro nashri.
Juftlik ikki yil avval o‘zining ilk o‘g‘il farzandidan ayrilgandi, bola tug‘ilishi bilanoq hayotdan ko‘z yumgan.