Jamiyat | 11:23 / 06.04.2016
7574
2 daqiqa o‘qiladi

Surunkali og‘iz qurushi sababi aniqlandi

Rochester universiteti olimlari organizmdan so‘lak, ko‘z yoshi yoki hazm qilish soklari kabi sekretlar ajralishiga javob beruvchi biokimyoviy mexanizmni aniqlashdi.

Ushbu kashfiyot shilliq moddalar ajralishi jarayonining buzilish sabablari hamda Shegren sindromi singari jiddiy kasalliklarni davolash imkonini beradi. Tadqiqot Science Signaling jurnalida chop etilgan.

Tana suyuqliklari ajralishiga zamin tayyorlovchi asosiy komponent bu – kalsiy. Shegren sindromida kaltsiy yetishmasligi kuzatiladi va bemorlar og‘iz quruqligidan aziyat chekadilar, yutish va chaynashda qiyinchilik his qiladilar.

Kaltsiy ionlari hujayralarga yetib borishi uchun kalsiy kanallarini ochish zarur. Bunga IP3-retseptori deb atalmish oqsil javob beradi. Ma'lumki, u to‘rtta kichik birlikdan iborat, biroq olimlar kanal ishlashi uchun aynan nechta kichik birlik kerakligini bilmasdi.

Genlar va molekulyar muhandislik tahriri usullaridan foydalanib, tadqiqotchilar shuni aniqlashdi-ki, kanallarning to‘g‘ri ishlashi va sekret ajralishi uchun IP3-retseptorining barcha to‘rt bo‘lagi lozim ekan.