Iqtisodiyot | 17:57 / 07.04.2016
2373
1 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg: Brexit yuz bersa, Yevropa banklari 120 milliard dollardan ortiq mablag‘ yo‘qotishlari mumkin

Buyuk Britaniya Yevroittifoqdan chiqsa, Yevropa banklari 123 milliard dollar (108 mlrd yevro) yo‘qotishlari mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bergan.

Xabarda ta'kidlanishicha, Buyuk Britaniya Yevroittifoqdan chiqsa, Yevropa kreditorlari qimmatli qog‘ozlarni tashlab, uning o‘rnini to‘ldirishlariga to‘g‘ri keladi. Bu Britaniyaning davlat obligatsiyasi egalari va ipoteka qarzdorlariga ham ta'sir o‘tkazmay qolmaydi.

"Banklarda likvidillik bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi", deb xabar beradi DLA Piper yuridik firmasi hamkori Vinsent Kiveni.

Agentlik Yevropa banklari doimo Britaniya obligatsiyalarini faol investitsiya qilib, undan yuqori daromadga ega bo‘lib kelganlarini ta'kidladi.