Jahon | 18:09 / 08.04.2016
1859
2 daqiqa o‘qiladi

Aliyev: Tog‘li Qorabog‘ nizosini hal qilish Ozarbayjon uchun ham, Armaniston uchun ham birdek muhim

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroli vaziyatdan chiqish nizoning ikki tomoni uchun ham muhimligini qayd etdi.

"Ozarbayjon mojaro hal etilishini istaydi. Bu Armaniston uchun ham kerak. Rossiya - qo‘shni davlat. Ikki davlat ham vaziyatning chigallashishidan manfaatdor emas", deydi Aliyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston tomonining bu mojaro tashabbuskori sifatida Ozarbayjonni ayblashi hech qanday asosga ega emas.

"Aprel oyi boshida boshlangan to‘qnashuvlar tafsilotlari bizning hech qanday harbiy harakatlar boshlash niyatida bo‘lmaganimizni ko‘rsatdi. Biz shunchaki o‘z pozitsiyalarimizni himoya qildik", deya qayd etadi Ozarbayjon prezidenti.

Aliyevning qo‘shimcha qilishicha, ziddiyatni bartaraf etish bo‘yicha muzokaralar davom ettiriladi.

Tog‘li Qorabog‘da 3 aprelda faol jangovar harakatlar boshlandi. Mojaroning ikkala tomoni ham bir-birini vaziyatni keskinlashtirishda va turar-joy tumanlarini o‘qqa tutishda aybladi.

Bugun, 8 aprel kuni Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro tomonlari o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib oldi.