Sport | 00:09 / 08.04.2016
2123
1 daqiqa o‘qiladi

"Paxtakor" va MTJ massajchisi Anvar Biserovning vafot etgani ma'lum bo‘ldi

"Paxtakor" va O‘zbekiston milliy terma jamoasi massajchisi Anvar Biserov 3 fevral kuni uyidan chiqib ketib bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan edi.

Championat.asia sayti bergan ma'lumotga ko‘ra, Anvar Biserov jonsiz holatda topilgan.

1969 yilda tavallud topgan mutaxassis faoliyatini "Navbahor" jamoasida boshlagan va 1996 yili klub bilan chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan edi.

Biserov, shuningdek, ko‘p yillar davomida milliy terma jamoada faoliyat olib borgan.

Anvar Biserov tanishlarining aytishicha, u juda yaxshi, quvnoq inson bo‘lgan. Doimo kulib yurar, o‘zidan kichiklarni "pahlavon" deb atardi.

Biserovning oila a'zolariga saytimiz nomidan ta'ziya bildiramiz.