Jamiyat | 19:53 / 09.04.2016
2279
4 daqiqa o‘qiladi

Og‘ir mehnat haftasidan so‘ng kuchlarni qayta tiklashning 5 usuli

Mehnat haftasi davomida barchamiz juda charchaymiz va avvallari sevimli mashg‘ulotlarimizga vaqtimiz hamda kuchimiz bo‘lganini eslaymiz. Bunday mashg‘ulotlar insonga zavq bag‘ishlaydi, orzular sari yetaklaydi. Shu bois ijodiy quvvatni to‘g‘ri taqsimlash rejasini tuzish kerak.

Quyida e'tiboringizga Harvard, Smitson va Nyu-York universitetlari muallimi Barbara Sher tajribasidan eng effektiv usullarini havola etamiz.

1. Leonardo da Vinchi kundaligini tutishga odatlaning.

Har bir insonning miyasidan millionlab fikr-mulohazalar o‘tadi. Agar ularni vaqtida ilg‘ay olsangiz, ba'zilari hayotingizni o‘zgartirishi ham mumkin. O‘zingiz uchun chiroyli kundalik sotib oling. Ana shunday fikrlar yoki g‘oyalar miyangizga kelib qolganda, ularni unutib yubormaslik uchun darhol kundaligingizni olib yozib qo‘ying. Bu sizning Leonardo da Vinchi ruhidagi shaxsiy kundalik daftaringiz bo‘ladi. Shunda siz istaklaringizni amalga oshirishni yodda tutasiz. Kundalik sizning tasavvur olamingizni boyitish va ishlaringizni rejalashtirish imkonini beradi.

2. "Bugungi kunga qadar nimalar qilishga ulgurdim?"

mavzusida ro‘yxat tuzing. Bir varaq qog‘oz olib hozirga qadar bajargan ishlaringiz ro‘yxatini tuzib chiqing. Qo‘lga kiritgan katta va kichik yutuqlaringizni kiriting. Ajoyib farzandlar voyaga yetkazdingizmi, birovga yaxshilik qildingizmi yoki ko‘rgazma namoyish etdingizmi - barchasini yozing. Shuningdek boshlab oxiriga yetkazilmagan ishlar, tashlab ketilgan o‘quv kurslari, xullas, miyangizga kelib, amalga oshirilmay qolgan ishlaringiz haqida yaxshilab o‘ylang, fikr yuriting. So‘ng har birining to‘g‘risidan bu faoliyat sizga nima berganligini yozing. Ushbu mashg‘ulot davomida siz uchun eng qizig‘i nima bo‘lgan?

3. Yangi kasbga kirishib ko‘ring.

Mehnat faoliyati - barcha qobiliyatlarni namoyish qilishning a'lo vositasidir. Agar sizni hozirgi ish joyingiz qoniqtirmasa, bu qaysi kasbda o‘zingizni to‘liq namoyon eta olishingizni bilib olish uchun muhim. Tasavvur qiling, siz ko‘zlayotgan kasbingiz egasisiz. Xayolan o‘zingizni o‘sha ish sharoitida tasavvur qiling, ish kuningiz qanday o‘tishini tasvirlang. Hozirgi zamonda birinchi shaxs nomidan yozing, masalan: "Men tasviriy san'at bilan shug‘ullanaman. Grafik tasvir chizayapman. Odatdagidek soat 9 da ishga keldim. Bir soatdan so‘ng loyiha bo‘yicha hamkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi va men ularga o‘zimning yangi g‘oyalarim haqida so‘zlab beraman".

Shu tariqa siz bu ishdan nimani istayotganingizni anglaysiz. Aslida real hayotda bu qanday kechishini bilish uchun shu sohada faoliyat olib boruvchi insonlar bilan fikr almashing.

4. Yoqtirmagan narsalaringizni qilmang.

Berilgan vaqt ichida sevimli ishlarimiz bilan shug‘ullanishning ajoyib usuli bor. Eng yaxshi ko‘rgan ishingizni amalga oshiring. Yomon ko‘rganlaringiz haqida o‘ylamaslikka harakat qiling. Orzularingizga erishishga harakat qiling va vaqtni to‘g‘ri taqsimlang.

5. Biror bir xobbiga ega bo‘ling.

Iste'dodingizni yuzaga chiqarish uchun qiziqishlaringizga biroz vaqt ajratsangiz kifoya. Unga kerakli narsalarni yig‘ing va undan to‘g‘ri foydalaning. Agar siz chizishni, yozishni, loyihalashtirishni yaxshi ko‘rsangiz - barcha jihozlarni bir yerga to‘plang. O‘zingizga qulay burchak hosil qiling. Shunda nimani qayerga qo‘yganingizni eslab, qidirib yurmaysiz. Ularning barchasi xobbi-bekatingizda xizmatga shay.