Jamiyat | 20:21 / 10.04.2016
2399
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyalik bepul mobil internet orqali 1 kunda deyarli 1 terabayt ma'lumot ko‘chirib oldi

Avstraliya fuqarosi, 27 yoshli Jon Zashvari bepul mobil internet imkoniyatlaridan foydalangan holda deyarli 1 terabayt ma'lumotni ko‘chirib olgan. Bu haqda Daily Mail xabar tarqatgan.

U Avstraliyaning eng yirik aloqa operatori bo‘lmish Telstra kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan Free data day aksiyasidan foydalangan. Bu aksiya doirasida 1 kun davomida mobil internetdan foydalanish uchun to‘lov olinmagan.

Mobil operatori bunday aksiyalar yil boshidan beri uchta yirik avariya sodir bo‘lgani bois mijozlarning aloqa xizmatlaridan foydalanishida uzilishlar kuzatilgani tufayli o‘tkazishga qaror qilingan.

Mijozlarga keltirilgan noqulayliklar badali sifatida kompaniya har bir uzilishdan so‘ng bittadan Free data day aksiyasini o‘tkazdi.

3 aprel kuni o‘tkazilgan uchinchi aksiya orqali Zashvari boshqa vaqtda o‘zi uchun 10 ming dollarga tushishi mumkin bo‘lgan 994 Gb ma'lumotni ko‘chirib olishga ulgurgan.

U imkon qadar ko‘proq fayl ko‘chirib olish uchun o‘z smartfonida wi-fi’ga ulanish nuqtasini yoqqan. Bir kun mobaynida u «Simpsonlar» multfilmining 24 mavsumini, «Afsonalar kushandasi» shousining 14 mavsumini, «Vikipediya» ma'lumotlar bazasi nusxasini ko‘chirib olishga, shuningdek, o‘z fayllari va fotosuratlaridan bulutli resurslarga nusxa ko‘chirishga ulgurdi.

Internetning maksimal tezligi 180 megabit/sekundni tashkil qilgan.