O‘zbekiston | 12:25 / 11.04.2016
2548
1 daqiqa o‘qiladi
FVV: 10 aprel kungi zilzila kuchi Toshkent, Samarqand va Andijonda 3 ballni tashkil etdi
10 aprel kunining ikkinchi yarmida Toshkent shahrida va O‘zbekistonning boshqa hududlarida yerosti silkinishlari sezildi.
“Toshkent” seysmomarkazi ma'lumotlariga ko‘ra, 10 aprel, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:29da epimarkazi Toshkentdan 533 km uzoqlikda, Afg‘oniston hududida bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuzatildi.
Epimarkazda zilzila magnitudasi 6,5 ga teng bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berishicha, zilzila Toshkent, Samarqand va Andijonda 3 ballni, Navoiyda 2 ballni tashkil etdi.