Jahon | 20:51 / 12.04.2016
2086
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Yaponiyaning ikkita jangovar kemasi 1945 yildan beri ilk bor Vetnamga tashrif buyurdi

Yaponiyaning ikkita raketa esminetsi "Ariake" va "Setogiri" Vetnamdagi Kamran harbiy-dengiz bazasiga yetib keldi. Yapon jangovar kemalari bu davlat suvlariga Ikkinchi jahon urushida Vetnamning bosib olinishidan keyin birinchi marta kirdi.

Kyodo axborot agentligining ma'lum qilishicha, kemalar Kamran bazasida bo‘lgan vaqtda Vetnam harbiy-dengiz kuchlari bilan mashg‘ulot o‘tkazadi. Avvalroq bu kemalar suv osti kemasi hamrohligida Filippinga kelgan edi va u yerda ham Filippin harbiy-dengiz kuchlari bilan mashg‘ulotlarda qatnashgan.

Tokio bu holatni o‘zining Janubi-Xitoydagi harbiy joylashuvining muhim namoyishi deb qabul qilmoqda. Bu yerda Vetnam va Filippin Xitoy bilan strategik muhim orollar va suv hududlariga egalik qilish uchun bahslashmoqda. Pekin dunyodagi eng tarang dengiz transport trassalari o‘tuvchi bu hududning katta qismiga da'vogarlik qilmoqda. Xitoy bahsli orollarga o‘zining huquqlarini tasdiqlash uchun u yerda sun'iy orollar qurmoqda hamda ularda aerodrom va boshqa obektlar joylashtirilmoqda.

Ayni vaqtda Janubi-Xitoy dengizida AQSh harbiy-dengiz kuchlarining atom aviatashuvchi kemasi John C. Stennis boshchiligidagi zarbdor guruhi joylashgan.