Jahon | 18:37 / 12.04.2016
1968
1 daqiqa o‘qiladi

Singapore Airlines ilk marta ayol uchuvchilarni ishga taklif qildi

Dunyodagi eng yirik aviatashuvchilardan biri Singapore Airlines ayol uchuvchilarni ishga olishga kirishdi. Jamoatchilik bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Nikolas Lonidasning ma'lum qilishicha, ayol kursantlar kompaniyada xizmat qilish uchun deyarli bir yildan beri Singapur va Avstraliyada shu yo‘nalishda saboq olishmoqda.

Aviakompaniya vakili aynan necha nafar ayol uchuvchi ishga qabul qilinishiga oydinlik kiritmadi.

Bugungi kunga kelib, Singapore Airlines uchuvchilarining soni ikki ming nafarni tashkil qiladi.

Manbada aytilishicha, "eng yaxshilar tanlab olinadi, jinsga doir hech qanday chegirmalar bo‘lmaydi".

Samolyot shturvallaridagi erkak uchuvchilar ayollarning ularga hamkasb bo‘lishlarini birdek qabul qilmayaptilar. Kimdir ularga imkon berish kerakligini aytsa, boshqasi bunga salbiy qarashini bildirmoqda.