Qirg‘iziston parlamentida Jeenbekov nomzodi bosh vazirlik uchun tasdiqlandi
Qirg‘iziston parlamentidagi muxolifat fraksiyalari ham hukumatdagi koalitsiya tomonidan mamlakatning bosh vazirligi uchun ilgari surilgan Sooronbay Jeenbekov nomzodini tasdiqladi. Bu haqda parlamentdagi manbasiga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.
Sooronbay Jeenbekov nomzodi 12 aprel kuni Almazbek Atambayev boshqaruvidagi Qirg‘iziston sotsial-demokratlar partiyasi tomonidan ko‘rsatilgandi. Shu kuni bir palatali parlament - Jogorku Keneshdagi ko‘pchilikni tashkil etuvchi koalitsiya bu nomzodni tasdiqladi.
Shu vaqtgacha ayni vaqtda 58 yoshda bo‘lgan Jeenbekov Qirg‘iziston prezidenti apparati rahbari o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi. Uning kichik ukasi, parlament spikeri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan 53 yoshli Asilbek Jeenbekov akasi bosh vazirlikka tavsiya qilingach, qonunchilikka ko‘ra o‘z lavozimidan ixtiyoriy ravishda iste'fo berdi. Aka-ukalarning yana biri Qirg‘izistonning Kuvaytdagi elchisi hisoblanadi.
"Respublika – Ata-Jurt" va "Bir Bol" partiyalari fraksiyasi Sooronbay Jeenbekov nomzodini bosh vazirlik uchun tasdiqladi. Fraksiya majlisi matbuot uchun yopiq tartibda o‘tkazilgan", deydi agentlik suhbatdoshi.
13 aprel kunining ikkinchi yarmida 6 partiya fraksiyasidan iborat Qirg‘iziston parlamenti Jeenbekov nomzodini bosh vazirlikka saylash uchun yig‘ilish o‘tkazishadi.
Temir Sariyev Qirg‘iziston bosh vazirligidan iste'fo berdi