Opel Insignia bir marta to‘ldirilgan yonilg‘i bilan 2111 kilometr masofani bosib o‘tdi
Opel Insignia sedani bir marta to‘ldirilgan yonilg‘i bilan Shveytsariyaning Alp tog‘laridan Shimoliy dengizga qadar bordi va ortiga qaytdi. Umumiy masofa 2111 km.ni tashkil etdi va yonilg‘ining o‘rtacha sarf bo‘lishi yuz km.ga 3,46 litrni tashkil etdi. Avtomobil boshqaruvida Airbus’ning sobiq boshqaruvchisi Feliks Egolf bo‘ldi.
Egolfning safari ayrim sabablarga ko‘ra, bir necha bor to‘xtab qoldi. U birinchi bosqichda Lyutserndan start oldi va Germaniyaning Ryusselxaym shahriga Shvartsvald yo‘lidan yurib borib to‘xtatdi. Kompaniya menejyerining so‘zlariga ko‘ra, u Opel bosh binosiga yetib kelganida, Egolfning avtomobilidagi yonilg‘i deyarli sarflanmagan bo‘lgan. Shveytsariyalik 429 km. masofani yuz km.ga 3,2 litr yonilg‘i sarflab bosib o‘tgan edi.
Ana shundan keyin Egolf Myunster va Oldenburg orqali Shimoliy dengizdagi Kuksxafen shahriga yetib keldi. Qaytish yo‘lini esa Gannover, Kassel va Sankt Gallen orqali bosib o‘tdi. Safar yakuni Tsyurix bo‘ldi. bularning bariga ikki kun sarflandi.