Xitoyda o‘lim jazosi berilishiga sabab bo‘ladigan pora miqdori belgilandi
Xitoyda Oliy xalq sudi va Xitoy xalq prokuraturasi korrupsiya uchun o‘lim jazosi qo‘llashning aniq tartibi bo‘yicha bir to‘xtamga kelishdi.
Sinxua agentligi xabarida aytilishicha, endilikda noqonuniy yo‘l bilan yoki pora sifatida 460 ming dollardan ortiq miqdordagi mablag‘ni o‘zlashtirgan shaxslarga nisbatan o‘lim hukmi chiqariladi.
Xitoyda 2012 yildan buyon Si Tszinpin hukumati poraxo‘rlikka qarshi keng ko‘lamli harakatlarni olib bormoqda. O‘tgan vaqt ichida minglab amaldorlar partiya qoidalarini buzgani va korrupsiya jinoyati amalga oshirgani uchun jazolangan.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2016 yilning yanvarida 5459 nafar amaldorga jazo berilgan. Komissiya ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda partiya qoidalarini buzgan 50 mingga yaqin amaldorga turli darajada jazo berilgan.