Fan-texnika | 14:20 / 19.04.2016
3473
2 daqiqa o‘qiladi

Binoda 4G tarmog‘i orqali ma'lumot uzatish tezligi bo‘yicha rekord o‘rnatildi

Huawei kompaniyasi va Singapurning StarHub telekommunikatsion operatori binoning ichida mobil tarmog‘ining 4G-tezligiga doir yangi rekord o‘rnatishganini ma'lum qilishdi.

Sinov paytida 1 Gbit/s darajasidagi sig‘im ko‘rsatilgani haqida xabar berildi.

Yangi takomillashtirilgan qaror 4G/LTE-Advanced bitta baza stansiyasiga sig‘adi. Uskuna StarHub operatori 55 MGts chastotasida 1800 MGts, 2100 MGts va 2600 MGts diapazonlarda ishlaydi.

Gigabayt natijaga erishish uchun kichik hajmli baza stansiyalarida radiointerfeys sohasidagi bir qator texnologik yutuqlar qo‘llangan: kvadrat amplituda modulyatsiya-256, uch komponentli jamlovchi ko‘p tarmoqli kirish - ko‘p tarmoqli chiqish (Distributed Multiple Input Multiple Output).

Hozir qaror tijorat sinovidan o‘tmoqda. StarHub kompaniyasi bozorda smartfonning shunday modellari chiqsa, yangi qarorni amalga oshirish niyatida.

"Mobil aloqalar texnologiyasining uzluksiz taraqqiyoti intellektual qurilmalarda ilovalarni yuklash yo‘li orqali xizmat ko‘rsatish sohasida katta imkoniyatlarga yo‘l ochadi. Bino ichidagi raqamli aloqa tarmog‘i hayotimizda suv va elektr energiyasiga o‘xshagan zaruratga aylanmoqda", - deyishdi Huawei xodimlari.