Jahon | 10:40 / 19.04.2016
1886
1 daqiqa o‘qiladi

Reuters: AQSh Qatar va Kuvaytga 7 mlrd dollar evaziga 60ta qiruvchi samolyot yetkazib beradi

AQSh hukumati Boeing tomonidan ishlab chiqarilgan 60ta qiruvchi samolyotini Qatar va Kuvaytga 7 mlrd dollar evaziga sotish bo‘yicha shartnomani tasdiqlashi kutilmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obamaning 21 aprel kuni Ar-Riyod shahrida o‘tkaziladigan Forz ko‘rfazi davlatlari hamkorligi sammitidagi chiqishi vaqtida rasman e'lon qilinadi.

Reuters agentligi ma'lumotiga ko‘ra, gap Qatarga 4 mlrd dollar evaziga 36 dona F-15 rusumli qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish hamda Kuvaytga 3 mlrd dollar evaziga 24 dona F/A-18E/F Super Hornets rusumli qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish haqida ketmoqda. Manbaning yozishicha, bu boradagi shartnoma AQSh Davlat departamentligi hamda Pentagon darajasida tuziladi.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, "rasmiy Vashington Yaqin Sharqda xavfsizlik ta'minlanishidan manfaatdor hisoblanadi". Shu tufayli, bu yetkazmalar "AQShning mintaqadagi diplomatik strategiyasini ifodalaydi".