Fan-texnika | 14:10 / 20.04.2016
2074
3 daqiqa o‘qiladi

Apple smartfonlar bozoridagi yetakchilikda yana Samsung’dan ortda qoldi

TrendForce tahliliy kompaniyasi smartfonlar sotuvining keskin pasayib ketganidan dalolat beruvchi tadqiqot natijalarini e'lon qildi. Mutaxassislarning qayd etishicha, 2016 yilning birinchi mavsumida iPhone sotuvi keskin darajada pasayib ketdi va bu Samsung yanada ko‘proq mahsulotlarini bozorga chiqarishida o‘z ta'sirini ko‘rsatdi.

Kam ishlab chiqarilmoqda, kam sotilmoqda

2016 yilning dastlabki uch oyi mobaynida Apple dunyoda bor-yo‘g‘i 292 millionga yaqin smartfonlar ishlab chiqardi. O‘tgan yilning shu davri bilan qiyoslaganda, mazkur qisqarish (1,3 foiz) sezilarli darajada o‘zgarmadi. Biroq ushbu ko‘rsatkichlarni avvalgi mavsum bilan solishtirganda, sotuv jarayoni 18,6 foizga kamayib ketgan.

Eng kuchli uchlik

2016 yilning birinchi mavsumi sarhisobiga ko‘ra, smartfonlar bozoridagi eng oliy o‘rinni hanuz 27,8 foizli natija bilan Samsung egallab kelmoqda. O‘tgan mavsumda uning ulushi 22,1 foizni tashkil etgan edi.

Apple esa hamon ikkinchi pog‘onani zabt etmoqda. Biroq, uning ko‘rsatkichi o‘tgan uch oyga nisbatan 20,9 foizdan 14,4 foizga tushib ketgan. Bu esa kompaniyada mazkur muammo oldini olish uchun kerakli choralar ko‘rish lozimligiga asos bo‘la oladi.

Reytingning uchinchi o‘rni Huawei kompaniyasiga nasib etdi. Uning natijasi ham biroz yomonlashdi – 9,5 foizdan 9,3 foizga tushgan. Biroq bu sezilarli darajadagi pasayish emas. Ro‘yxatning keyingi o‘rinlaridan Lenovo (5,8 foiz), Xiaomi (5,5 foiz) va LG (5,1 foiz) joy olgan.

Apple’ga nima bo‘ldi?

Birinchi mavsumda ishlab chiqarilgan 249 million smartfonlarning 42 millioni Apple’ga tegishli. Uch oy avval bu ko‘rsatkich 44 foizga balandroq edi.

Tahlilchilarning qayd etishicha, iPhone tarixida ishlab chiqarishning bu darajada qisqarib ketishi hech ham kuzatilmagan.

TrendForce mutaxassisi Avril Vuning ta'kidlashicha, elektron bozorda iPhone 6s’ga bo‘lgan talab yuqori emas. Ular iPhone 6’ga juda o‘xshash va deyarli hech qanday qo‘shimcha funksiyalarga ega emas.

Mart oyida sotuvga chiqqan iPhone SE hozirda Apple’ning bozordagi holatini iPhone 7 sotuvga chiqqunga qadar ushlab turibdi. Biroq, yangi 4 dyuymli smartfon Xitoy brendlari bilan raqobatga uchradi va o‘rta narx segmentida yetakchi o‘rinni egallamay qoldi.

Mutaxassislar fikricha, Apple 2016 yilda 15 millionga yaqin iPhone SE sotadi. Sotilgan iPhonelarning umimiy hajmi 213 millionta qurilmani tashkil etadi va bu ko‘rsatkich 2015 yilga nisbatan 10 foizga qisqargan.