Jamiyat | 19:20 / 20.04.2016
4042
1 daqiqa o‘qiladi
Jyennifer Eniston People talqiniga ko‘ra dunyoning eng go‘zal ayoli deb topildi
Jyennifer Eniston People jurnali tanlovi bo‘yicha 2016 yilda dunyoning eng go‘zal ayoli deb topildi.
O‘zining yangi maqomi haqida eshitgach, aktrisa hayratda qolgan.
“Bu o‘ta zavqli xursandchilik payti bo‘ldi”, deya tan oladi 47 yoshli Eniston.
Nashrga intervyu berish paytida aktrisa go‘zallik to‘g‘risidagi tasavvurlari bilan bo‘lishdi. Xususan bu o‘ziga ishonch, ichki xotirjamlik, ezgulik va rostgo‘ylik, shuningdek, chiroyli o‘tgan umr.
Bundan tashqari, Enistonning fikricha, bu qatorga hayot sinovlarini mardonavor qabul qila olish va nimadir kutilgandek bo‘lmasa, buning uchun uyalmaslikni ham qo‘shish mumkin.