Jahon | 19:21 / 21.04.2016
2065
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko: Rossiya yugurdagi bo‘lishni istamaymiz

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning bayonotiga ko‘ra, Rossiyadagilar, belaruslar ruslarning yugurdagi bo‘lishni xohlamayotganlarini to‘g‘ri tushunishlari lozim. Buni Minsk Moskvadan yuz o‘girish niyatida, deya tushunmaslik kerak, deb qayd etgan Lukashenko.

Bu haqda davlat rahbari Aleksandr Lukashenko Milliy kengashga murojaatida ma'lum qilgan, deb xabar qilmoqda «BelTA» agentligi.

«Men rossiyaliklar, ayniqsa Rossiya rahbariyati, biz ularning yugurdagi bo‘lmasligimizni yaxshi tushunishlarini xohlardim. Biz — siz bilan bir uyda, ammo alohida xonadonda istiqomat qilayotgan mustaqil, suveren davlatmiz. Katta bo‘lmagan, kichkina, ammo o‘zimizning xonadonda. Aslida, bu so‘zlarni Rossiyaning hozirgi prezidenti ham ta'kidlaydi», — deya Lukashenko so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Interfaks» agentligi.

«Qayoqqa ham burilamiz? Biz, og‘a-inilarmiz, — deb davom etgan prezident. — Bu tarix belgilab bergan voqelikdir».
Milliy kengashga murojaat qilgan Belarus prezidenti inqiroz mavzusiga ham to‘xtalib, 2016 yili mamlakat iqtisodiyotiga ancha qiyin bo‘lishidan ogohlantirgan.

Lukashenko shuningdek, 2002 yildan pensiya yoshini 63 yoshga o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorga xotirjam yondashishga chaqirgan.