Fan-texnika | 07:44 / 21.04.2016
2482
1 daqiqa o‘qiladi
Xakerlar Apple ID parollarini sms-xabar yordamida o‘g‘irlashmoqda
Apple qurilmalari foydalanuvchilari Apple ID’ning to‘silishi haqida xabarlar olishmoqda. Bu haqda Independent nashri xabar bermoqda.
Apple’ning texnik xizmat ko‘rsatish xabari ostida niqoblangan xabarda bir havola bo‘yicha o‘tish taklif qilinmoqda. Havola bo‘yicha kompaniyaning rasmiy sahifasiga o‘xshash saytga o‘tgach, foydalanuvchilarga o‘z login va parollarini kiritish taklif qilingan.
Shundan keyin akkaunt go‘yoki "xavfsizlik maqsadida" to‘sib qo‘yilgani haqida xabar chiqadi. Xakerlar akkauntni blokdan chiqarish uchun esa shaxsiy ma'lumotlar va bank kartasi raqamini kiritishni talab qilishmoqda.
Ta'kidlanishicha, ushbu xabar Apple’ning texnik xizmat ko‘rsatish tizimi bilan umuman aloqasi yo‘q va xakerlik hujumi natijasi hisoblanadi.