Jahon | 23:41 / 22.04.2016
3231
2 daqiqa o‘qiladi

Aktyor Leonardo DiKaprio qazilma yonilg‘i turlarini qazib olishdan voz kechishga chaqirdi

Aktyor Leonardo DiKaprio barcha davlatlarni qazilma yonilg‘i turlarini qazib olishdan voz kechishga chaqirdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Aktyor bu haqda iqlim bo‘yicha Parij kelishuvining imzolanishi marosimida aytdi.

Aktyorning fikricha, bu iqlimning global o‘zgarishiga qarshi kurashda yordam beradi.

"Sayyoramiz biz qazilma yonilg‘ini u bo‘lishi kerak bo‘lgan joy – yer qa'rida qoldirmagunimizcha, xavfsizlikda bo‘la olmaydi. Bir o‘ylab ko‘ring, bizning bolalar va nabiralar o‘tmishga qarab, biz bu vayronagarchilikni to‘xtatishga imkoniyatga ega bo‘lganimizni, biroq buni qilishga siyosiy iroda namoyish qilmaganimizni anglaganlarida qanday isnodga qolamiz", deb aytdi aktyor.

Avvalroq Rossiya tabiiy zaxiralar va ekologiya vaziri Sergey Donskoy jonzotlarni himoya qilish faoliyati bilan taniq bo‘lgan aktyorga Rossiyaga Ekologiya yilida tashrif buyurishni taklif qilgandi.