Jahon | 16:25 / 22.04.2016
1802
1 daqiqa o‘qiladi

Bag‘doddagi masjidda terakt sodir etilishi oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi

22 aprel, juma kuni Iroq poytaxti Bag‘dod shahridagi masjidlardan birida portlash sodir etildi. Sky News Arabia telekanali ma'lumotiga ko‘ra, bu terakt tufayli kamida 25 kishi halok bo‘lgan.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, xudkush jangari shahar janubi-g‘arbidagi ar-Rizvaniya tumanidagi shialar masjidida o‘zini portlatgan.

Hozircha bu xunrezlik tufayli qurbon bo‘lganlarning aniq miqdori keltirilmagan. Shuningdek, bu terakt uchun javobgarlikni hozircha hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan.

Xabar qilinishicha, shu vaqtda Iroq qurolli kuchlarining 11 askari Bag‘dod yaqinida IShID jangarilari bilan yuz bergan to‘qnashuv tufayli halok bo‘lgan.