O‘zbekiston | 09:21 / 22.04.2016
25819
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat yuridik universitetida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari sayloviga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan tashkil etilgan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini o‘tkazishning tashkiliy-huquqiy masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining saylovni tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi a'zolari, Yunusobod tuman komissiyasi va ishchi guruhi a'zolari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti xodimlari hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminarda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Ye.Kanyazov ham qatnashdi. Aytish mumkinki, bugungi kunda mahalla tuzilmasi ilgarigi mahalliy hokimiyat organlari zimmasida bo‘lgan 30 dan ortiq vazifani bajarib, huquqiy-demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishda faol ishtirok etmoqda.

Joriy yilgi saylovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 9 ming 764 nafar fuqarolar yig‘ini raisi va ularning 99 mingdan ziyod maslahatchisi saylanadi.

Seminarda fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovining tashkiliy-huquqiy asoslari, fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari sayloviga ko‘maklashuvchi komissiyalarning vazifalari hamda ishchi guruh faoliyati, saylovni tashkil etish hamda o‘tkazishning qoidalariga doir ma'lumotlar berildi.

Mavzuga oid