Jahon | 23:47 / 23.04.2016
2384
2 daqiqa o‘qiladi

Salomatligi og‘irlashib borayotgan Anjyelina Joli Pan Gi Mun bilan uchrashdi

OAV tomonidan oriqlab ketgani tufayli saraton kasaliga uchraganlikda shubha qilingan aktrisa Anjyelina Joli omma oldida ko‘rinish berdi. Gollivud yulduzi va jamoat arbobi Gaagada BMT bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashdi va Xalqaro jinoyat sudi yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Rossiyayskaya gazeta" nashri.

Just Jared tabloidining ma'lum qilishicha, o‘zining haddan oriq ko‘rinishiga qaramasdan, aktrisa "o‘lim yoqasida turgandek" ko‘rinmagan. Biroq Joli o‘zining sog‘lig‘i haqida hech qanday bayonot bermagan va bu holat u atrofdagi mish-mishlarning yanada ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

16 mayda Joli xorijiy telekompaniyalardan birida qochqinlar muammolari, migratsiya va uning dunyodagi hodisalarga ta'siri haqida nutq so‘zlashi rejalashtirilgan. Hozircha bu reja o‘z kuchida qolmoqda. The Mirror nashrining eslatishicha, Joli BMTning qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarining maxsus elchisi hisoblanadi.