Jahon | 10:17 / 25.04.2016
1904
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh vazir Vuchich Serbiyada o‘tgan parlament saylovida g‘alaba qozondi

Serbiya bosh vaziri Aleksandr Vuchich rahbarligidagi hukmron koalitsiya mamlakatda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida raqiblarini ortda qoldirdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

Serbiya markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, saylov byulletenlarining 27,25 foizi sanab chiqilgan vaqtda, Vuchich bloki 49,3 foiz ovoz to‘plagani ma'lum bo‘lgan.

Ushbu axborot, Serbiyadagi saylov uchastkalari yopilganidan so‘nggi, 4,5 soat ichidagi ilk raqamlardir.

Bundan avval, hukumat rahbari va Serbiya progressiv partiyasi yetakchisi Aleksandr Vuchich, mamlakat rahbariyati YeIga tezroq integratsiyalashuv borasida barcha imkoniyatlardan foydalanishini ta'kidlagan edi.