Jamiyat | 19:36 / 26.04.2016
2008
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Turkiya qochqinlarni joylashtirish uchun 20 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Bokuda bo‘lib o‘tayotgan BMT sivilizatsiyalar al'yansi VII Global forumi ochilishida qilgan ma'ruzasida ma'lum qilishicha, mamlakat hududiga kirib kelayotgan qochqinlarni joylashtirish uchun 20 mlrd. dollardan ortiq mablag‘ sarflangan.

"Bugungi kungacha, Turkiya Suriya va Iroqdan kelgan 3 million qochqinga boshpana berdi. Ularning ehtiyojlari uchun 10 mlrd. dollar sarfladi. Nohukumat tashkilotlari mablag‘larini ham e'tiborga oladigan bo‘lsak, bu raqam 20 mlrd. dollardan oshib ketadi" , — degan Erdo‘g‘an.

Bunda uning qayd etishicha, "Turkiya eshiklari, G‘arbnikidan farqli ravishda qochqinlar uchun doimo ochiqdir".

"Biz, ayrim G‘arb davlatlaridek ular oldidagi darvozalarimizni yopmaymiz", — degan Turkiya davlat rahbari.