O‘zbekiston | 00:26 / 27.04.2016
3370
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kurerlik jo‘natmalarini tekshirishga ruxsat berildi

O‘zbekistonning "Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida"gi qonuniga kurerlik jo‘natmalari tekshirilishiga ruxsat beruvchi tuzmatalar O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra amalga kiritildi. Bu haqda Sputnik nashri xabar bermoqda.

Tuzatmalarga ko‘ra, "tezkor-qidiruv faoliyati turlari" tushunchasiga kurerlik jo‘natmalari nazorati ham kiritildi. Bu nazorat tezkor-qidiruv faoliyati masalalarini hal qilishda ahamiyatga ega axborot olish uchun bu turdagi jo‘natmalarni yashirin tarzda tanlab olish va o‘rganishdan iborat. Avvalroq tezkor-qidiruv tadbirlari faqatgina pochta jo‘natmalariga tatbiq qilingan.

O‘zbekiston parlamenti ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda kurerlik (xususiy) jo‘natmalar ulushi O‘zbekistonga yuboriladigan jami jo‘natmalar hajmida 85 foizni egallaydi, bu orada pochta jo‘natmalari ulushi esa kamayib bormoqda. Avvalroq O‘zbekiston bosh prokuraturasi kiritilayotgan tuzatmalar internetdagi jinoiy to‘dalar tomonidan borgan sari ko‘proq qo‘llanayotgan kurerlik jo‘natmalaridan foydalanishda tezkor harakatlar va qidiruvni o‘tkazish uchun huquqiy asosni yaratishga imkon berishi aytilgandi.

"Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida"gi qonun 2012 yil dekabrda qabul qilingan va bir yildan keyin amalga kiritilgan. Qonunga ko‘ra, tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishga faqatgina davlat idoralarining vakolatli tezkor bo‘linmalariga ruxsat berilgan. Bunday harakatlarni biror yuridik yoki jismoniy shaxslar, siyosiy partiyalar, diniy yoki boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari manfaati yo‘lida o‘tkazish taqiqlanadi.

O‘zbekistonda ayni vaqtda pochta-kurerlik xizmatlarini taqdim qiluvchi 30 ga yaqin kompaniya faoliyat yuritadi. O‘zbekistonda kurerlik xizmatlari yordamida onlayn-do‘konlar orqali import mahsulotlar xarid qilish oxirgi 3 yil ichida ommalashib ketdi. O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi pochta-kurer operatorlarning o‘rtacha yillik oboroti turli hisob-kitoblarga ko‘ra 20 mln dollardan 50 mln dollargachani tashkil qiladi.