Sport | 17:22 / 30.04.2016
13135
2 daqiqa o‘qiladi

Mutaxassis Messi dopingning og‘ir turini qabul qilganini gapirib berdi

“Barselona” jamoasi va Argentina milliy terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi dopingning og‘ir turini qonuniy ravishda iste'mol qilgan. Bu haqda taqiqlangan preparatlar bo‘yicha mutaxassis Igor Nekrashevich so‘zlab bergan.

“Og‘ir dopingni (steroidlar) futbolda ham qabul qilishadi. Ularning ichida eng ommabopi nandrolon hisoblanadi. Uni Frank de Bur, Yap Stam, Fernandu Koutu, marhum Valentin Belkevich va Messi qabul qilishgan. Lionel bo‘y bilan bog‘liq kuchli dopingni qonuniy qabul qilgan (hozir ham qabul qiladimi yo‘qmi, noma'lum)” , — dedi Nekrashevich.

Mutaxassisning aytishicha, argentinalik buni shifokorlar ko‘rsatmasi asosida qabul qilgan. “Messi bo‘y o‘stiruvchi garmonlar tanqisligi ostida tug‘ilgan va u pakan bo‘lgan. Uning bo‘yi 140 sm.dan baland emas edi”, — deb tushuntirdi Nekrashevich.